Janubiy Koreya Respublikasi Korea Research Institute of Bioscience and Biotechnology (KRIBB) direktorining taklifiga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti “О‘zbekiston florasi” laboratoriyasi mudiri akademik K.Sh.Tojiboyev hamda “Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi” katta ilmiy xodimi Z.O.Yusupovlar joriy yilning 6-10 mart kunlari Korea Research Institute of Bioscience and Biotechnologyda о‘tkazilayotgan seminar tadbirda qatnashmoqda.

 

1

Akademik K.Sh. Tojiboyev KRIBB dagi seminarda ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi (Janubiy Korea, 09.03.2023)

2

Katta ilmiy xodim Z.O. Yusupov О‘zR FA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasining imkoniyatlari va hamkorlik yо‘nalishlari haqidagi ma’ruzasi (Janubiy Korea, 09.03.2023).

3

Janubiy Koreya Respublikasi KRIBB laboratoriyalari

4

International Biological Material Research Centerdagi laboratoriya xonasi (Janubiy Korea).

 

Shuningdek, seminarda Janubiy Koreya Respublikasi KRIBB va О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti о‘rtasida ilmiy kadrlar almashinuvini yо‘lga qо‘yish, institutlar о‘rtasida tuzilgan yangi istiqbolli qо‘shma loyihalar muhokama qilindi.