2023 yil 22-27 may kunlari O‘zR FA Botanika instituti Mikologiya va algologiya laboratoriyasi (b.f.n., k.i.x. Yu.Sh. G‘afforov) va Zhejiang universiteti Pestitsidlar va atrof-muhit toksikologiyasi instituti, Molekulyar ekologiya, o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro aloqalari laboratoriyasi mudiri Prof. Mengcen Wang va ilmiy xodim Dr. Hongda Fang hamda Botanika instituti ilmiy xodimlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, ikki davlatlar orasida xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv va ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Xitoy olimlarining ilmiy uchrashuvida tashkilotlar orasida memorandum bitimini tuzish, hamkorlikda foydali, madaniy va boshqa tijorat maqsadlarida foydalaniladigan o‘simliklar mikrobiomasi va ularni har tomonlama o‘rganishga qaratilgan halqaro ilmiy ishlarni amalga oshirish, shuningdek, talaba va ilmiy xodimlar uchun trening kurslarini tashkil etish, qisqa muddatli stajirovkaga yuborishga ko‘maklashish hamda nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish haqida kelishib olindi.

 

1

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta ilmiy xodimi Yu.Sh. Gafforov seminar qatnashchilarini Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirmoqda.

Seminar davomida, Janob Mengcen Wang “Plant Microbiome and Defence Above Ground” va Dr Hongda Fang “Complex microbiome interaction and its implication in waxberry” mavzularida ilmiy ma’ruza qilishdi. Ilmiy seminarda o‘simliklar mikrobiomasining bioxilma-xilligi, molekulyar taksonomik tarkibi, ekologik xususiyatlari va ularning o‘simliklarda keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida ma’ruzalar eshitildi va tahlil qilindi. So‘ngra, Xitoylik olimlar bilan yaqindan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlikda ilmiy loyihalar uchun dastlabki fikrlar almashinib, O‘zbekistonda tarqalgan o‘simliklar mikrobiomasining bioxilma-xilligi, molekulyar taksonomik tarkibi va ularni ekologik xususiyatlarini o‘rganish mavzusidagi ishlarni amalga oshirish, talabalar almashinuviga kelishildi. Ushbu xalqaro loyiha va talabalar almashinuvini moliyalashtirish uchun Xitoy va boshqa xalqaro fondlarni jalb etish rejalashtirildi.

Ilmiy uchrashuvdan so‘ng, Xitoylik olimlar Botanika institutiga qarashli laboratoriyalarning ilmiy faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, Toshkent mikologiya gerbariysi va Milliy gerbariy fondida saqlanayotgan gerbariylar haqida ma’lumotlar berildi. Toshkent botanika bog‘iga ekspeditsiya uyushtirildi. O‘zbekiston xalqining madaniyati, tarixiy obidalari bilan tanishtirildi.

 

2

Prof. Mengcen Wang

3

Dr. Hongda Fang

 

 

4

Prof. Mengcen Wang Botanika instituti xodimlarining savollariga javob bermoqda

Janob Mengcen Wang tomonidan soha doirasidagi fikr va mulohazalar Zhejiang universiteti va Botanika instituti uchun ijobiy deb topilsa, kelgusida ushbu o‘simliklar mikrobiomasini yo‘nalishi bo‘yicha yosh olimlarni doktorantura bosqichida bilim olishiga va Zhejiang universitetidan ilmiy rahbar tanlashi mumkinligini aytdi.

Seminar so‘ngida mehmonlar ishtirokida kofe break tashkil qilindi va estalik uchun suratga tushildi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Chjetszyan universiteti professori Mengcen Wang va Dr Hongda Fang hamda Botanika instituti ilmiy xodimlari bilan birgalikda do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

5

Do‘stona suhbat jarayoni.

6

Mehmonlar ishtirokida kofe break

7

Xitoy Xalq Respublikasi Chjetszyan universiteti professori Mengcen Wang va Dr Hongda Fang va Botanika instituti ilmiy xodimlari bilan estalik uchun suratga tushishdi

8 9

Seminardan so’ng, Xitoylik olimlarni Botanika instituti lobaratoriyalari, Toshkent mikologiya gerbariysi va Milliy gerbariy bilan tanishtirildi