Botanika instituti Xotin qizlar kengashi tashabbusi  bilan Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va yosh olimlar ishtirokida “Xotin qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda xorijiy ilmiy stajirovkalarning o‘rni” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Xotin qizlar qo‘mitasi raisi D.M. Tajetdinova O‘zbekiston Respublikasining mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha jamg‘armalar faoliyati, Botanika institutida yosh olima ayollarning tadqiqot olib borish uchun mavjud imkoniyatlari va ularni xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar haqida aytib oʻtdi.

Shuningdek, suhbat davomida xorijda o‘z kasbiy malakasini oshirib kelishga muvaffaq bo‘lgan 2-kurs tayanch doktorantlari “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi stipendianti D.N. Jamalova Belarus Davlat universitetida va “El-yurt umidi” jamg‘armasining stependianti G.T. Kurbaniyazova RFA V.L. Komarov nomidagi Botanika institutidagi stajirovkalari davomidagi o‘z tadqiqotlari haqida gapirishdi.

 

4

“Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi stipendianti D.N. Jamalova

 

5

“El-yurt umidi” jamg‘armasining stependianti G.T. Kurbaniyazova

Suhbat yakunida qatnashuvchilar o‘z tajribalari va taassurotlarini namoyish qilgan taqdimotchilardan qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.