Joriy yilning 21-31 iyul sanalarida “Osiyoda makkajo‘xori zang kasalligini tarqalishi va patogenlik o‘zgarishlarini kuzatish” ANSO-CR-KP-2022-07-sonli xalqaro ilmiy loyiha doirasida Botanika instituti  katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari Yu.Sh. G‘afforov hamda katta ilmiy xodim T.N. Xolmuradova va kichik ilmiy xodim Sh.A. Teshaboevalar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ekilgan makkajo‘xorining yozgi ertapishar navi va duragaylarida tarqalgan zang zamburug‘larini oʼrganish, patogenlik o‘zgarishlarini kuzatish va baholash bo‘yicha dala tadqiqotlarini amalga oshirishdi. Shuningdek, Mikologiya va algologiya laboratoriyasining Davlat ilmiy texnik dasturi  (Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklar, eksportbop meva, sabzavot va poliz ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen zamburug‘lar: xilma-xilligi, monitoringi hamda elektron maʼlumotlar bazasini yaratish (Namangan va Buxoro viloyatlari misolida) bo‘yicha  ilmiy ishlar Buxoro viloyatlarida ham olib borildi.

Ilmiy safar davomida Respublikamiz vilyotlaridagi klasterlar va shaxsiy tomorqolardagi makkajo‘xori ekilgan maydonlarda mikologik monitoring olib borish jarayonida makkajo‘xorining turli zamburug kasalliklari aniqlandi. Zararlangan makkajo‘xorining gerbariy namunalari va fotosuratlari olindi. Shunindek, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari bilan makkajo‘xorida tarqalgan kasalliklari hamda zararkunandalari haqida suhbatlar o‘tkazildi.

1

Yu.Sh. G‘afforov tomonidan olib borilayotgan mikologik monitoring ishlari

2

Makkajo‘xorining qorakuya kasalligi

3

Makkajo‘xorining kladasparioz kasalligi

4

Makkajo‘xori kasalliklarining diagnostik belgilari haqida fermerlarga tushuncha berilmoda

5

Dala tadqiqolaridan lavhalar

6

Loyiha ishtirokchilari T.N. Xolmuradova va Sh. A. Teshaboevalar mahalliy fermerlarga zamburug‘li kasalliklardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy maslahatlarini berdi

7

Buxoro viloyatida o‘simliklar karantini inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilayotgan dala ekinlari

8

Mahala fuqorolar yig‘ini vakillari bilan shaxsiy tomorqalarda ekinlarni zamburug‘li kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha maslahat berildi

9

Behining monilioz kasalligi hosilga jiddiy ziyon yetkazadi.