Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tadbiq etilishi belgilangan, hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam boʻldi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktyabrdagi №681-F/9-sonli farmoyishiga asosan mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” tadbiri belgilandi. Uning doirasida 85 million tup kо‘chat ekish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan Respublikamizning qator olis hududlarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 10-19 noyabr kunlari O‘zR FА Botanika instituti O‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Navoiy viloyati Konimex tumani Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi maydoniga 300 ga yaqin shumtolbarg zarang (Acer negundo L.), maydabarg uchqat (Lonicera microphylla Willd. ex Schult.) va kornus (Cornus sanguinea L.) ko‘chatlari va mevali daraxtlarning urug‘lari ham ekildi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Konimex tumanidagi Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi tuman markazidan 170 km uzoqlikda joylashgan. Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, Respublikamizning olis hududlaridagi yashil maydonlar hududi kengaytirilib boriladi.

1

F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘idagi pitomnik (ko‘chatxona)

2

F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ida yetishtirilgan manzarali oʻsimlik koʻchatlari

3

Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi

4

Shumtolbarg zarang (Acer negundo L.)

5

Kornus (Cornus sanguinea L.)

6

Qizilqum cho‘l stansiyasi maydoni

7

Maydabarg uchqat (Lonicera microphylla Willd. ex Schult.)

8

Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Qizilqum cho‘l biologik stansiyasi maydoniga 300 ga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari o‘tqazildi.

9

O’zbekiston florasida tarqalgan madaniy o’simliklarning yovvoyi ajdodlari hisoblangan  namatak (Rosa canina L.), olxoʻri (Prunus domestica L.), yongʻoq (Juglans regia L.), bodom (Prunus bucharica (Korsh.) Hand.-Mazz.), doʻlana (Crataegus turkestanica Pojark.), jiyda (Elaeagnus angustifolia L.) va boshqa mevali daraxtlarning urugʻlarini ekish ishlari ham amalga oshirildi.

10

Itburun na‘matak (Rosa canina L.)

11

Yongʻoq (Juglans regia L.)

12

Yovvoyi bodom (Prunus bucharica (Korsh.) Hand.-Mazz.)

 

Mazkur xildagi olib borilayotgan tashabbuskor dasturlar, avvalo atrof-muhit mikroiqlimini yaxshilash hamda ularni muhofaza qilishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan respublikamizning olis hududlarida bu kabi maydonlarni yanada kengaytirish hamda ularni turli o‘simlik assortimentlari bilan boyitish borasida ko‘pgina samarali ishlar amalga oshirilmoqda.