Geobotanika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimlari PhD B.Sh. Habibullayev va J.S. Sadinovlar 2023 yil 3-28 noyabr sanalari oralig’ida Ispaniyadagi Pireney ekologiya instituti (IPE-CSIC) institutiga i-COOP loyihasi doirasida ilmiy xizmat safarida bo’ldi. Ispaniya, O’zbekiston, Mongoliya, Tojikiston va Armaniston olimlari hamkorligidagi mazkur xalqaro loyiha G’arbiy va Markaziy Osiyodagi gips ekotizimlari bo’yicha tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari bilan ham shug’ullanadi.

 

1

i-COOP loyihasi ishtirokchilari dala tadqiqotlarida (Jaca shahri, Ispaniya)

 

Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar davomida quyidagi rejalashtirilgan vazifalar bajarildi.

-Oʻzbekiston gipsofil taksonlari foydalanadigan asosiy suv manbalarini aniqlash uchun har bir gipsofil turdan kamida 5 tadan ksilema namunalari olindi. Izotop tahlillari uchun o‘simliklar tomonidan ishlatiladigan barcha potensial suv manbalaridan namunalar olindi. Shu maqsadda ksilema uchun namuna olingan har bir alohida o‘simlik ostidan 0-10 va 10-20 sm chuqurlikdagi tuproq namunalari olindi va namuna olish joylarida har 10 sm tuproq namunalarini yig‘ib, 1 m chuqurlikdagi tuproq profillari qazildi. Barcha namunalar muhrlangan flakonlarga joylashtirildi va darhol dalada muzlatildi. Namunalar muzlatgichda (muz paketlari bilan) IPE (Jaca) ga keltirildi, u yerda namunalardan suv kriogen vakuumli distillash orqali olindi va keyinchalik suv izotoplari uchun lazer analizatori (PICARRO) yordamida barqaror izotoplar uchun tahlil qilindi. Gipsli kristalli suv 120ºC da distillash orqali olindi. Namuna olish O‘zbekistonlik tadqiqotchilar tomonidan olib borildi va tahlillar IPE tadqiqotchilari nazorati ostida o‘tkazildi.

 

2

Laboratoriya tadqiqotlari jarayoni (Pireney ekologiya instituti (IPE-CSIC))

 

– Pireney ekologiya instituti yetakchi olimlari Dr. Sara Palacio hamda Dr. Yolanda Pueyo rahbarligida O‘zbekiston hududida tarqalgan kamyob gipsofil o‘simliklarning suvdan foydalanish xususiyatlari, Moluccella bucharica, Scutellaria colpodea, Spirostegia bucharica, Amygdalus spinosissima o‘simliklarining ksilema namunalari asosida tuproq bilan munosabati tahlil qilindi.

 

 

3

Xalqaro konferensiya ko’rgazmasi  (Zaragoza shahri, Ispaniya)

 

-Gipsli tuproqlarda tarqalgan o‘simliklar ekologiyasi, tabiiy yaylovlar degradatsiyasi va muhofazasi, yaylovlarda chorva mollari boqilishining o‘simliklar qoplamiga ta’sirini baholash usullari o‘zlashtirildi.

 

4

Gipsofit o’simliklarni turli tuproq sharoitlarida o’stirish tajribasi

 

O’zbekiston tomonidan b.f.d., professor X.F.Shomurodov (i-COOPning O’zbekistondagi koordinatori) rahbarligida kichik ilmiy xodimlar PhD B.Sh.Habibullayev va J.S.Sadinov ishtirokida bajarilgan ushbu ilmiy tadqiqotlar O‘zR FA Botanika institutining kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun muhim hisoblanadi.