Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ishlab chiqilgan.

Shu munosabat bilan, institut direktori akademik K.Sh. Tojibayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030 strategiyasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PF-158-son farmonida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilanganligi, bu bo‘yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklanganligi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan va amalga oshirilishi davom etayotgan, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalar bajarilishini ta’minlash belgilanganligini institut xodimlariga tushuntirdi.           “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi asosiy g‘oyalar aks etganligini aytib o’tdi.