O‘zbekiston tarixi telekanalining “Fan va tarix” ko‘rsatuvi ijodkorlari Botanika institutining tarixi va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus sonini namoyish qilishdi. Fanlar akademiyasi Botanika instituti 1932-yilda Oʻzbekiston Fanlari qoʻmitasi qoshidagi oʻsimliklar xom ashyosi boʻlimi asosida shakllangan. 1941-yildan Botanika va tuproqshunoslik instituti deb atala boshlagan. 1950-yilga kelib mustaqil Botanika ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil topgan. Quyidagi xavola yordamida Botanika instituti tarixi haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

