Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazish muntazam takrorlanib kelinayotgan an’analarimizdan hisoblanadi. Hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undaydigan urf-odatlarimizdir.
Shu munosabat bilan institut hovlisida obodonlashtirish tadbiri tashkil etildi.


Hovlidagi yuzlab daraxt va butalarga shakl berilib, ohaklandi.




Institut hovlisi, tajriba maydonchasi, ariqchalar va suv yo‘llari tozalandi.



Shuningdek, Toshkent Botanika bog‘i hududida ham xodimlar va ko‘ngillilar ishtirokida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.


