Botanika institutida joriy yilning 8-aprel kuni “Markaziy Osiyo va Amerika Qo‘shma Shtatlari botanika institutlari o‘rtasida ikkinchi seminar” mavzusidagi navbatdagi xalqaro darajadagi seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi. Ushbu seminarda yangi tashabbuslarni muhokama qilish, hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichiga chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Phillip Douglas, Peter Zale, Michael Bone, Qozog‘iston Respublikasidan Gulnara Sitpayeva, Polina Vesselova, Qirg‘iziston Respublikasidan Georgy Lazkov, Ivan Khegai va Tojikiston Respublikasidan Mariyo Boboev va Saimuhamad Yoqubovlarning tashrif buyurishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida 2018-yil 8-10-may kunlari “Markaziy Osiyo va Amerika Qo‘shma Shtatlari botanika institutlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha birinchi seminar” mavzusida bo‘lib o‘tgan olimlar uchrashuvi, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Botanika bog‘laridan oqilona foydalanish va o‘simliklar bioxilma-xillikini saqlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun platforma bo‘lib xizmat qilgan edi.

2

3