О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga joriy 2024 yilning 20 aprel – 1 may kunlari “Global Bioxilma xillikning Axborot Portali” (GBIF) markaziy kotibiyatidan, EarthCape tashkilotidan va Tojikiston Respublikasidan “Capacity Enhancement Support Programme (CESP) – CESP2023-007: GBIF in Central Asia: new aspects of development” nomli xalqaro loyiha doirasida tashkil etiladigan seminar va tadbirlarda ishtirok etish uchun bir qator olimlarining О‘zbekiston Respublikasiga amaliy tashrifi rejalashtirilmoqda.

Tashrif davomida hamkor tashkilotlar о‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) bilan tanishtirish, gerbariy namunalarini raqamli formatga o‘tkazish va ularni GBIF (https://www.gbif.org/) rasmiy saytida hujjatlashtirish hamda istiqboldagi yangi loyihalar haqida fikrlar almashish kabi masalalar muhokama qilinadi.

