Joriy yilning 2-4 sentabr kunlari tashkil etilgan “Yevrosiyo bioxilma-xilligini saqlash” mavzusidagi II xalqaro anjumanida faol qatnashish, xorijiy olimlar bilan tajriba almashish hamda sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti xodimlari, Mikologiya va algologiya laboratoriyasi mudiri I.M. Mustafaev, katta ilmiy xodimlar M.M. Iminova, T.N. Xolmuradova, D.M. Tajetdinova va kichik ilmiy xodim Sh.A. Teshaboevalar Turkiya davlatining Izmir shahrida bo‘ldi.

Ege universitetida o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda biologik xilma-xillikni saqlash, fotosintetik organizmlar, zamburug‘lar va bakteriyalar, shuningdek, suv ekotizimlari monitoringi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Irsiy bioxilma-xillik muammolari, o‘simliklarda viruslarga chidamlilikni rivojlantirishning yangicha yondashuvlari, Yevroosiyoda umurtqasiz hayvonlarni muhofaza qilish, antropogen ta’sirlarning ekotizimlarga ta’siri, iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklarning holati, noyob o‘simlik turlarini saqlash strategiyalari muhokama qilindi.

 

 

2

D.M. Tajetdinova, M.M. Iminova, T.N. Xolmuradova va Sh.A. Teshaboevalar anjuman davomida

Boshqa davlat olimlari qatorida Botanika instituti xodimlari “Conservation of photosynthetic organism in Eurasia” va “Conservation of bacteria, fungi and their symbiotic partners in Eurasia” sho‘balarida o‘zlarining qiziqarli ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

3

Mikologiya va algologiya laboratoriyasi mudiri I.M. Mustafaev ma’ruzasi.

Safar davomida Ege universiteti Fan fakulteti olimlari va yosh tadqiqotchilari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar yozish maqsadida Botanika bog‘i gerbariysi tadqiqot va amaliy markazi, Mikologiya, Biotexnologiya, Molekulyar biologiya va Gidrobiologiya laboratoriyalari ilmiy xodimlari bilan erkin muloqot va suhbatlar olib borildi.

 

 

4

Ege universiteti Fan fakulteti bo‘lim boshligi yordamchisi Prof. Dr. Esra Ersoy Omeroglu bilan uchrashuv.

 

 

5

Fan fakulteti Molekulyar biologiya laboratoriyasi ilmiy tadqiqotlari.

 

 

6

Fan fakulteti professori Aykut Guvensen o‘z tadqiqot natijalari haqida.

 

 

7

Ege universiteti botanika bog‘i-gerbariy tatbiq va tadqiqot markazi xodimi
Dr. Ademi Fahri Pirhan rahbarligida in vitro bo‘yicha tadqiqotlarini o‘rganish.

 

8

Ege universiteti professor-o‘qituvchilari muallifligidagi Turkiya florasining yangi nashrlari haqida suhbat.

Ilmiy safar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti xodimlariga Ege universiteti Fan fakulteti ilmiy faoliyati bilan tanishganligi haqida sertifikatlar topshirildi.