O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari 2024 yil 18-19 noyabr kunlari Olmaota shahrida, Qozog‘iston Respublikasi Zoologiya instituti va YUNESKOning “Inson va biosfera” (MAB) dasturi ko‘magida, “Yevrosiyo tog‘lari va cho‘llarining biologik xilma-xilligi to‘g‘risida ma’lumotlar” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etishdi. Tadbir “Global Bioxilma-xillik Axborot Portali” (GBIF) xalqaro tashkiloti hamda “Tetis” ilmiy jamiyati ko‘magida tashkil etildi.

Simpoziumda milliy va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, biologik xilma-xillik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi. Tadbir davomida biologik xilma-xillikni saqlash va uni ilmiy tadqiq qilishning muhim ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, 20-22 noyabr kunlari Olmaota shahrida ilmiy tadbirlar davom ettiriladi. Xususan, yevropalik soha mutaxassislari tomonidan “Biodata: Bioxilma-xillik ma’lumotlari bilan ishlash” trening mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Botanika institutidan mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun b.f.d., akademik K.Sh. Tojibayev, b.f.d., yetakchi ilmiy xodim Adilov B.A., katta ilmiy xodimlar b.f.n. N.Yu. Beshko va PhD B.Sh. Habibullayevlar taklif qilingan.

 

2

Xalqaro simpoziumda ilmiy xodimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, biologik xilma-xillik va o‘simliklar ekologiyasi sohasidagi ilmiy izlanishlar va yutuqlarni namoyish etishmoqdalar.

 

 

3

Mazkur simpozium va trening mashg‘ulotlari, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi ilmiy natijalar bilan tanishish va xalqaro tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.