Bugun institutimizda muhim voqea – Kasaba uyushmasi raisining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘rayev ishtirok etib, institutimiz faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Institut direktori yig‘ilish ochilishida Kasaba uyushmasining ahamiyati, yangi davr talablariga muvofiq vakolatlari hamda rais va a’zolarining institutdagi faoliyati haqida muhim bayonot qildi.
Amaldagi rais, DSc Orzimat Turginov 5 yillik faoliyati davomidagi natijalarni hisobot shaklida taqdim etdi. Hisobot xodimlar tomonidan qoniqarli darajada qabul qilindi.

Yangi rais nomzodi sifatida Zokir Qosimov taklif qilindi va institut xodimlari uni bir ovozdan ma’qulladi. Ovoz berish natijasida Zokir Qozimov Botanika instituti Kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.


Institut direktori o‘rinbosari, ilmiy kotib va faol xodimlar so‘zga chiqib Kasaba uyushmasi xodimlarning huquqlari himoyasida muhim rol o‘ynashini, o‘tgan 5 yil ichida O.Turginov rahbarligida ish sharoiti sezilarli yaxshilanganligini, yangi saylangan Z. Qosimovning tajribali xodimligini, uning rahbarligida Kasaba uyushmasi faoliyati yanada rivojlanishini hamda oldingidek faollikni kutib qolishlarini aytib o‘tishdi.


Kasaba uyushmasi raisi va faollari institut xodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, Mehnat shartnomalari va ish haqi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Institut jamoat hayotida faollikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi
Botanika instituti jamoasi yangi raisga omad tilab, kelajakdagi hamkorlikda samarali ishlashiga ishonch bildirishdi.

