O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi laboratoriyasi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasi hamda ilmiy tashkilot o‘rtasida botanika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy seminar tashkil etildi.

 

2

 

Ilmiy xodim A.L.Allamurotov tomonidan davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilgan ilmiy seminarda 2021-2024 yillarda “Madaniy o‘simliklar yovvoyi ajdodlari” dastur doirasida erishilgan yutuqlar hamda 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida floramizdagi dorivor o‘simliklarning tabiiy resurslari aniqlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy tadqiqot usullari hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

3

Tadbir davomida dorivor Inula grandis o‘simligi misolida populyatsiyalarni baholashning yangi usullari to‘g‘risida tadqiqotchilar va bakalavr bosqichi talabalariga batafsil ma’lumotlar berildi.

 

4

Ushbu seminar oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy-tadqiqot markazlar o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga tadqiqotlar sohasida yangi yo‘nalishlarni ochish imkoniyatini berdi.

5

Tadbir davomida o‘zaro muloqot jarayonida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va bakalavr bosqichi talabalari o‘zlarining  qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Ilmiy-amaliy seminardan so‘ngra Surxondaryo viloyati Bobotog‘, Sangardak-To‘palang, Surxon-Sherobod va Boysun botanik-geografik rayonlarida tarqalgan dorivor turlarning resurslarini aniqlashga doir dala tadqiqotlari amalga oshirildi.

6

Ilmiy xodim A.L. Allamurotov tomonidan voha hududida dorivor turlarning tarqalish maydonlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ilmoqda.

 

7

Tadqiqotchi B.J. Mavlanov dorivor dug‘boy o‘simligining tarqalishi va populyatsiyalarining zamonaviy holatini o‘rganmoqda.

8

Dala tadqiqotlari davomida Surxondaryo viloyatida tarqalgan  dorivor o‘simliklar: Ungernia victoris, Glycyrrhiza glabra, Codonopsis clematidea, Ajuga turkestanica, Mediasia macrophylla, Ziziphora pedicellata,  Origanum vulgare subsp. gracile, Hypericum scabrum, Hypericum perforatum va Inula grandis kabi turlarining tabiiy zahira qiymatiga ega maydonlari hajmilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ildi hamda ushbu maydonlar GPS koordinatalarini aniqlandi.