So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlarning bevosita amaliyotga tadbiq etilishi hamda ular ijrosining ta’minlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi PF-6013-sonli farmonida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-228-son Qarori 10.1-bandida o‘z aksini topgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonunida davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish belgilangan va joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha keng jamoatchilikni safarbar qilish lozimligi boʻyicha muhim topshiriqlar berilgan.
Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, qonuniylik, xolislik va shaffoflik prinsiplarini ta’minlash hamda sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida institut jamoasi bilan birgalikda seminarlar tashkil etilib borilmoqda.
Shu bilan birgalikda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Agentlik tomonidan tayyorlangan ijtimoiy reklama va uning(post) matni, A4 formatdagi posterlar muntazam ravishda Botanika instituti aloqa kanallarida targ‘ib qilib borilmoqda.
![]() |
![]() |
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253



