O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganligining 120 yilligi munosabati bilan mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida O‘zR FA Botanika institutida Yosh olimlar kengashi bilan hamkorlikda qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada do‘stlik, birdamlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Musobaqalarda institut jamoasi vakillari shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bahslar do‘stona, lekin qizg‘in muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etdilar.
Natijada har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, ularga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.
Tadbir yakunida institut rahbariyati barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirib, bunday sport uchrashuvlari kelgusida ham jamoaning sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.










