O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 72-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida hududlarni yanada obod qilish, sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish va yashil hududlarni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Hashar jarayonida institut xodimlari tomonidan institut hududi va unga tutash maydonlarda tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, hududdagi yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxt va butalar parvarish qilindi, yo‘laklar va ishchi hududlar tozalanib, ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan qator amaliy ishlar bajarildi.

 

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Mazkur tadbir jamoada hamjihatlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, atrof-muhitni asrash va obod maskanlarni yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Botanika instituti jamoasi bundan buyon ham ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy boyliklarni asrab-avaylash hamda yashil makonlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishda davom etadi.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari doirasida institut hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jamoa a’zolarining hamjihatligi va faolligi natijasida hudud tozalandi, tartibga keltirildi hamda institut yanada obod va fayzli maskanga aylandi.