O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsion hamkorlikni rivojlantirish davlat ilmiy siyosatining ustuvor strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ilm-fan va ta’lim tizimlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan qaror va farmonlar muhim normativ-huquqiy baza vazifasini bajaradi.

Ushbu integratsion yondashuv ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ilg‘or ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga tizimli ravishda integratsiya qilish orqali zamonaviy bilimlar transferini ta’minlash hamda kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratadi.

2026-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Oliy ta’lim tashkilotlarida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda fan yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha bir yilga mo‘ljallangan” reja – jadvali ishlab chiqilgan.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash hamda ularni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Guliston davlat universiteti Tabiiy Fanlar fakultetida 2026 yil 17-mart kuni taniqli biolog olim ishtirokida ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeksiton Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Tabiiy o‘simlik resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi laboratoriyasi mudiri, b.f.d. katta ilmiy xodim Abduraimov Ozodbek ishtirok etdi.

2

Abduraimov Ozodbek tomonidan hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan “O‘zbekiston florasidagi madaniy o‘simlikarning yovvoyi ajdodlari” mavzusida ma’ruza taqdim etildi. Mazkur ma’ruzada madaniy o‘simlikar yovvoyi ajdodlarining dunyo miqyosida, oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ulardan potensial foydalanish borasidagi ma’lumotlar berildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston florasidagi madaniy o‘simlikarning yovvoyi ajdodlarining tabiiy floradagi holati hamda ularni saqlab qolish borasidagi natijalar tahlili bayon qilindi. Bu borada dunyoda hamda respublikamizda olib borilayotgan tadqiqotlar, mazkur yo‘nalishdagi muammolar va ularning yechimlari borasida batafsil tahliliy ma’lumotlar keltirildi.

3

4

Mavzuga qo‘shimcha ravishda hozirgi kunda Fanlar akademiyasi tizimida, xususan Botanika instituti tomonidan so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘lami hamda erishilgan yutuqlar borasida ham batafsil ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

5

Ayniqsa, talabalar tomonidan dorivor o‘simliklar va ulardan tizimli foydalanish borasida qiziqarli savollar berildi. Mutaxassis bu borada savollarga javob berish bilan bir qatorda, hozirgi kunda aynan Fanlar akademiyasi tizimida bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar yangi bosqichga olib chilganligi to‘g’risida batafsil bayon qildi.

6

7

Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda bakalavr bosqichi talabalari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha va batafsil javoblar berildi. Savol-javob jarayoni ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

8

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni kelgusida ham muntazam davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.