2026-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti majlislar zalida yosh olimlarning navbatdagi ilmiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 20 ga yaqin yosh ilmiy xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida muhokama qilingan masalalar ikkita asosiy yo‘nalishga bo‘lindi.

  1. Yosh olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar muhokamasi.

Yig‘ilish doirasida dastlabki ma’ruza Razzaqova Oysha (O‘zbekiston florasi laboratoriyasi, 2-bosqich tayanch doktoranti) tomonidan taqdim etildi. U o‘z ma’ruzasida “Таксономическое разнообразие и особенности географического распространения флоры Средней Азии” mavzusida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’ruzada Markaziy Osiyo hududi florasining taksonomik xilma-xilligi, hamda geografik tarqalish haqida ma`lumot berdi. Shuningdek, mintaqa florasining sistematik tarkibi, endem turlar ulushi, tip namunalarini o`rganish bo`yicha tadqiqot natijalarino o`rtoqlashdi.

2

Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo florasining taksonomik tarkibini aniqlashtirish, bioxilma-xillikni saqlash hamda hududiy floristik tadqiqotlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

3

Ma’ruza yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib, mavzu yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashildi.

Yig‘ilish davomida navbatdagi ma’ruza Xurramov Otabekxon (Samarqand davlat universiteti, 1-bosqich mustaqil (PhD) izlanuvchisi) tomonidan “O‘zbekiston florasida Glycyrrhiza L. turkumining taksonomiyasi, geografiyasi va tabiiy resurslari” mavzusida taqdim etildi.

4

Ma’ruza davomida Glycyrrhiza L. turkumiga mansub turlarning O‘zbekiston hududidagi taksonomik tarkibi, ularning sistematik o‘rni hamda morfologik belgilariga asoslangan farqlovchi xususiyatlari ilmiy manbalar va dala tadqiqotlari natijalari asosida batafsil yoritib berildi. Shuningdek, turkum vakillarining respublika hududida tarqalish areallari hamda asosiy floristik rayonlar bo‘yicha geografik taqsimlanish qonuniyatlari tahlil qilindi.

Ma’ruzada Glycyrrhiza turkumiga kiruvchi dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega turlarning tabiiy resurs salohiyatini aniqlash, ularning zahiralarini baholash hamda oqilona foydalanish va muhofaza qilish masalalariga qaratildi.

5

Ma’ruza yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollar asosida Glycyrrhiza turkumining O‘zbekiston florasidagi o‘rni, resurs turlarining hozirgi holati va ularni saqlash istiqbollari bo‘yicha ilmiy munozaralar olib borildi.

Uchunchi ma’ruza Toshtemirov Jo‘rabek (Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi, 3-bosqich tayanch doktoranti) tomonidan “O‘zbekiston florasiga mansub Fritillaria va Tulipa turkumlariga tegishli ayrim turlarning karyotipik xususiyatlari” mavzusida taqdim etildi.

6

Ma’ruzada Fritillaria va Tulipa turkumlariga mansub ayrim turlarning karyologik tuzilishi, xromosoma soni va morfologiyasi, shuningdek ularning kariotip formulalari asosida aniqlangan sitotaksonomik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari batafsil yoritib berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston florasida uchraydigan ayrim endem va kamyob Tulipa hamda Fritillaria turlarining karyotipik ko‘rsatkichlari ularning sistematik o‘rni, filogenetik aloqalari va geografik tarqalish xususiyatlarini aniqlashtirishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

7

Ma’ruza yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarilib, mavzu yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashildi.

  1. Turli masalalar

Yig‘ilishning “Turli masalalar” qismida yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holati, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda chop etish, xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan nashrlarda maqolalar sonini oshirish hamda grant loyihalarida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

8

Bundan tashqari, yosh olimlarning ilmiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va treninglarda ishtirokini kengaytirish, shuningdek Botanika instituti Yosh olimlar kengashi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar asosida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi