Namangan davlat universitetida “Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni saqlash: muammolar, yechimlar va istiqbollari” mavzusidagi III Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli ilmiy anjuman Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni asrash, ekologik muammolarni ilmiy asosda hal etish hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti rahbariyati hamda ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi. Konferensiyada respublika va xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh izlanuvchilar qatnashib, biologik xilma-xillikni saqlash, dorivor o‘simliklar resurslarini o‘rganish, ekologik monitoring, geobotanik tadqiqotlar va tabiatni muhofaza qilishning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.
Mazkur xalqaro anjumanda Xitoy Fanlar akademiyasining Kunming Botanika instituti, Changchun University of Chinese Medicine, Qirg‘iz-Turk Manas universiteti, Osh davlat universiteti, Xo‘jand davlat universiteti hamda boshqa nufuzli ilmiy va ta’lim muassasalari hamkor tashkilot sifatida ishtirok etishdi.



Botanika instituti ilmiy xodimlari konferensiyaning yalpi majlislarida o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib, o‘simliklar bioxilma-xilligi, taksanomiyasi va noyob turlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar. Ilmiy ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, o‘zaro fikr almashuvlar olib borildi.

Shuningdek, konferensiyada Botanika institutidan tashrif buyurgan ilmiy xodimlar hamda tayanch doktorantlar sho‘ba yig‘ilishlarida o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan biologik xilma-xillikni saqlash, o‘simliklar qoplami monitoringi, flora va o‘simlik resurslarini o‘rganish, ekologik muammolar hamda tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilishga oid olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.

N.E. Daminova – Central Asian dendroflora: taxonomic diversity, biogeographical distribution, and conservation challenges.

K. B. Aliyeva – Triticeae qabilasining O‘rta Osiyo florasidagi zamonaviy taksonomik tarkibi.

B.Q. Karimov – Shimoliy Turkiston botanik-geografik rayonining pedologik tahlili va uning o‘simliklar tarqalishiga ta’siri.

D.U. Mirzaliyeva – Urgut botanik geografik rayoni endem o‘simliklarining antropogen stress darajasini baholsh

T.N. Asatulloyev – Environmental niche divergence under morphological conservatism in a mountain endemik

J.G`. Toshtemirov – O‘zbekiston florasiga mansub Fritillaria va Tulipa turkumlariga tegishli ayrim turlarning karyotipik xususiyatlari

H. Sh. Abulfayzov – Nurota tizmasida tarqalgan Lepidium olgae populatsiyasining zamonaviy holati

A.T.Sultamuratov – Сукцессионная динамика Аралкума: альтернативные состояния и пути формирования растительных сообществ на высохшем дне Аральского моря

A.N. Mirzambetov – Ecological indicator potential of Ferula species distributed across contrasting habitats of Uzbekistan.

A.L. Allamurotov – Janubiy O‘zbekistondagi Inula grandis (Asteraceae) lokal populyatsiyalarining ontogenetik strukturasi va dinamikasi

O.T. Mamatqosimov- O‘zbekiston florasidagi Aegilops L. turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari

Sh.Sh.Qilichev – Markaziy Osiyo ekstremal ekotizimlari xilma-xilligini baholashda masofaviy monitoring: Qizilqum misolida

Z.Z. Qosimov – Cho‘l ekotizimlarida zaharli o‘simliklarning ekologik xavfini ITS modeli asosida integral baholash (O‘rta Sirdaryo misolida)

G. T. Qurbaniyozova – Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni saqlash muammolari va yechimlari
Ma’ruzalar konferensiya ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, sho‘ba muhokamalari davomida ilmiy fikr va tajriba almashildi. Tadbir doirasida xorijiy va mahalliy olimlar bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar hamda akademik almashinuv masalalari yuzasidan ham muzokaralar olib borildi.

