O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari N. E. Daminova va Z. N. Jo‘rayevlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlari davlat hisobi va kadastrini yuritish” mavzusidagi 4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2026-yil 4-iyundan 15-iyungacha Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida xizmat safari tashkil etildi.

Dala tadqiqotlari davomida Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarining turli tabiiy hududlarida tarqalgan dorivor o‘simlik turlari — Hippophae rhamnoides, Pistacia vera, Prunus bucharica, Prunus amygdalus, Lepidolopsis pseudoachillea, Crataegus pontica, hamda Achillea millefolium ning tabiiy populyatsiyalari kompleks ravishda o‘rganildi. Tadqiqot ishlari davomida ushbu turlarning tarqalish areallari, fitotsenotik holati, uchrash zichligi va ekologik xususiyatlari baholandi. Shuningdek, o‘simliklarning biologik va ekspluatatsion zahiralari aniqlanib, ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini belgilash maqsadida yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmlar hisoblab chiqildi. Zahira qiymatiga ega maydonlarning chegaralari aniqlanib, ularning geografik joylashuvi GPS koordinatalar asosida qayd etildi.

2

3

Olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida yuqorida qayd etilgan dorivor o‘simlik turlarining xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy zaxira maydonlari aniqlandi hamda ularning koordinatalari elektron bazaga kiritish uchun tayyorlandi. Har bir tur bo‘yicha biologik va ekspluatatsion zahiralar baholanib, resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlash maqsadida yillik yig‘ib olish me’yorlarini hisoblash uchun maxsus hisob maydonlari tashkil etildi. Bundan tashqari, tadqiqot hududlarida uchragan turlar asosida gerbariy namunalari yig‘ildi, geobotanik tavsiflar va dala qaydnomalari rasmiylashtirildi. Tadqiqot obyektlarining morfologik xususiyatlari hamda tabiiy yashash muhitini aks ettiruvchi fotosuratlar olinib, ilmiy ma’lumotlar bazasini boyitish uchun hujjatlashtirildi.

4