Joriy yilning 27 – iyun, 5 – iyul sanalarida O‘simliklar tabiiy resurslari kadastri va populyatsion biologiyasi laborotoriyasi ilmiy xodimlari O.T. Mamatqosimov va S.Q. Teshaboyevlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlari davlat hisobi va kadastrini yuritish” mavzusidagi 4/2026-sonli xo‘jalik shartnomasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlariga xizmat safari tashkil etildi.
Dala tadqiqotlari davomida mazkur viloyatlar hududida uchrovchi Lycium ruthenicum Murray, Tribulus terrestris L., Peganum harmala L., Capparis spinosa L., Glycyrrhiza glabra L., Lagochilus inebrians Bunge va boshqa turlarning tarqalish maydonlari, tabiiy zaxiralari va o‘simliklar qoplamidagi o‘rni tahlil qilindi.
Tanlab olingan o‘simliklarda yer yuzasini qoplash darajasi, biomassa hosildorligi, quritilgandan keyingi xomashyo chiqimi va morfologik rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik statistik tahlillar asosida baholandi.
Tadqiqot olib borilgan hududlarda o‘rganilgan turlarning biologik va ekspluatatsion zaxiralari baholanib, yillik xomashyo tayyorlash kvotalari ilmiy jihatdan asoslandi hamda ularning sanoat miqyosida barqaror foydalanish istiqbollari aniqlandi.


Lycium ruthenicum Murray tabiiy populyatsiyalarida dala kuzatuvlari

Capparis spinosa L. tabiiy resurslarini baholash


Tribulus terrestris L. bir tup o‘simlikning ho‘l va quruq massasini aniqlash

Qizilqum hududidagi tabiiy isiriqzorlar

Uchquduqdagi ko‘l atrofidagi tabiiy saksovulzorlar

