O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari — b.f.f.d. B.Sh. Habibullaev, katta ilmiy xodim U.H. Qodirov va kichik ilmiy xodim F.X. Xudoyberdiyev ishtirokida «Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati hududining (Boshqizilsoy hududi va o’tish zonasi) kadastr xatlovini amalga oshirish va o’simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish bo’yicha ilmiy-texnik mahsulot yaratish» mavzusidagi xo’jalik shartnomasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, № 56-XS-sonli buyruqqa asosan, 2026-yil 11–13-sentyabr kunlari Toshkent viloyatiga ilmiy xizmat safari tashkil etildi.

Dala tadqiqotlari davomida Toshkent viloyatidagi Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati hududining Boshqizilsoy hududi va o’tish zonasida, relyefi murakkab bo’lgan yuqori tog’ mintaqalarida davlat kadastri bo’yicha xatlov ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy jihatdan qimmatli, yovvoyi holda o’suvchi o’simlik turlarining tabiiy sharoitdagi zaxiralari aniqlanib, ularning miqdoriy ko’rsatkichlari hisobga olindi hamda biometrik o’lchov ishlari bajarildi.

2

Tadqiqot hududida iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan 50 ga yaqin o’simlik turi bo’yicha tabiiy zaxiralar o’rganildi, jumladan Alcea nudiflora, Ephedra equisetina, Hypericum perforatum, Juglans regia, Juniperus seravschanica va Plantago lanceolata kabi turlarning tabiiy sharoitdagi miqdoriy ko’rsatkichlari aniqlandi.

Dala tadqiqotlari davomida belgilangan marshrutlar bo’ylab floristik kuzatuvlar olib borildi. Hudud florasiga xos bo’lgan o’simlik turlarining tabiiy yashash muhitidagi holatini aks ettiruvchi foto-materiallar to’plandi, shuningdek o’simliklarning morfologik belgilari va o’simlik jamoalarining tarkibini aks ettiruvchi vizual materiallar hamda geobotanik tavsiflar rasmiylashtirildi.

3

Mazkur ilmiy xizmat safari davomida Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatining Boshqizilsoy hududi va o’tish zonasida iqtisodiy jihatdan qimmatli o’simlik turlarining tarqalishi, miqdoriy holati va tabiiy zaxiralariga oid muhim ilmiy ma’lumotlar to’plandi. Olingan natijalar hudud o’simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini shakllantirish hamda qimmatli o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish borasidagi ilmiy asosni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

4