16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi 9-122-son buyrug‘i asosida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash holatini o‘rganish tadbiri doirasida Ishchi guruh Botanika institutida bo‘ldi.
Tashrif davomida institutda normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli topshiriqlar ijrosini ta’minlash holati, ilmiy faoliyat samaradorligi hamda tasdiqlovchi hujjatlarning yuritilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar va mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Botanika institutida qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh bilan uchrashuv
Shuningdek, davlat tilida ish yuritish talablari, “Kitob burchagi” va kutubxona faoliyati bilan tanishildi. Institutning gerbariy fondi, gerbariy namunalarini raqamlashtirish jarayoni hamda dala tadqiqotlari davomida yig‘ilgan o‘simlik materiallarini saqlash va qayta ishlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Institutning “Kitob burchagi” faoliyati bilan tanishish

Gerbariy namunalarini raqamlashtirish uchun mo‘ljallangan xona va texnik jihozlar bilan tanishish.

Gerbariy namunalarini raqamlashtirish tartibi va jarayoni bo‘yicha ma’lumot berish.
O‘rganish jarayonida institut axborot xizmatining ish rejasi, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, ilmiy natijalar va muhim tadbirlarni jamoatchilikka tezkor hamda sifatli yetkazish holati yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Institut axborot xizmati faoliyati, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot faolligi yuzasidan o‘rganish jarayoni.

Dala tadqiqotlari davomida yig‘ilgan o‘simlik materiallarini saqlash va qayta ishlash xonasi bilan tanishish.

Dala materiallari va gerbariy namunalarini saqlash sharoitlarini ko‘rib chiqish.
O‘rganish tadbiri Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tahlil qilish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

