Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlarining MRB-AN-2019-30-sonli “DNK shtrix kodlash texnologiyasidan foydalangan holda Belarus va O’zbekistondagi kamyob yo’qolib borayotgan o’simliklarni genetik inventarizatsiyasi” va ВА-ФА-Ф5-010-sonli «O’zbekiston tabiiy florasining ikki urug’pallali o’simliklarining sistematikasi» loyihalarida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 26 iyun – 3 iyul kunlari Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari hududida olib borgan dala tadqiqotlari.

Ekspeditsiya a’zolari (chapdan o’nga): Turdiyev D.E., Ortiqov E.A. va Jo’ramurodov I.J.

2020 yil 26-iyun 3-iyul kunlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Molekulyar filogeneya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari Ortiqov E.A. va Jo’ramurodov I.J. va O’zbekistan florasi ilmiy xodimi Turdiyev D.E. Qashqadaryo viloyati Oqrabod qishlog’i, Surxandaryo viloyati Sho’rob qishlog’i va Machaydaryoning quyi qismidan yuqori qismigacha bo’lgan (Chaqmoqsoy soyi) hududlarda ilmiy ekspeditsiya uyushtirishdi.

2

Darasoy va Boysun tizmalarining dala tadqiqotlari amalga oshirilgan qismi (gerbariy yig’ilgan hududlar ko’k chiziqda belgilangan).

Shuningdek, O’zbekiston uchun endemik va O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan bir nechta turlarning tarqalish hudulari o’rganildi.

3

Calispepla aegacanthoides Vved.

4

Dionysia hissarica Lipsky

5

Scutellaria fedtschenkoi Bornm.

Tadqiqot davomida TASH bazasi uchun 30 dan ortiq turning 100 dan ortiq gerbariy na’munalari yig’ildi va har bir na’munadan molekulyar tadqiqotlar uchun DNK materiallari olindi.

Mazkur material “Molekulyar filogeniya va biogeografiya” va
“O’zbekiston florasi” laboratoriyalari xodimlari tomonidan tayyorlandi