Ekspeditsiya marshruti qora va qizil chiziqlarda berilgan (1300 km.)

     O‘zR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi ilmiy xodimlari professor X.F.Shomurodov rahbarligida Ustyurt platosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga 10-23 sentabr kunlari kuzgi ekspeditsiya uyushtirdi.

    Ekpeditsiya Geobotanika laboratoriyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘simlik qoplami va yaylov resurslarining hozirgi holatini baholash” mavzusidagi dasturi bo‘yicha 2021-yilga rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun  tashkil etildi.

      Ilmiy ekspeditsiya davomida dala tadqiqotlari Qoraqalpog‘iston Ustyurtining  janubiy qismi yaylovlarining holati Janubiy chink, shuningdek, Barsakelmes, Karabaur, Karakalka, Shaxpaxta, Asakaaudan, Kulantakir, Kaplankir, Sarikamish kabi geografik punktlarida olib borildi.

       Dala tadqiqotlari davomida Qoraqalpoq Ustyurti yaylovlarining zamonaviy tasnifini ishlab chiqish, yem-xashak o‘simliklarining ro‘yxatini shakllantirish, yaylov xillarining kuzgi hosildorligini aniqlash, yaylovlarining elektron raqamli kadastrini yuritish, kamyob o‘simlik jamoalarini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar to‘plandi. Jumladan, Janubiy Ustyurt hududining qariyb 2,3 mln. gektar yaylov maydonlari taftish qilindi, 15 ta yaylov xillari bo‘yicha kadastr ma’lumotlari yig‘ildi, 5 ta yaylov xillari konturlari korrektirovka qilindi, Ustyurt yaylovlari asosini tashkil etuvchi 15 ta dominant va edifikator turlarning kuzgi hosildorliklari aniqlandi, Artemisia kemrudica va Salsola chiwensis ishtirokidagi 2 ta kamyob o‘simlik jamoasi aniqlandi, kamyob Crambe edentula va OʼzR “Qizil kitobi”ga kiritilgan Malacocarpus crithmifolius, Euphorbia sclerocyathium, Salsola chiwensis lar tarqalgan yangi hududlar aniqlandi va ularning holati o‘rganildi.

Dala tadqiqotlaridagi ish jarayoni

1

Ekspeditsiya a’zolari (Ustyurt. Karabaur.)

2

Sho‘rxokyer biyurg‘un (Anabasis salsa) Ustyurt platosida katta hududlarda biyurg‘unli yaylovlarni hosil qiladi (Karabaur).

3

Asakaaudan hududidagi saksovul populyatsiyasi holati tahlil qilinmoqda.

4

Artemisia terrae-albae ning kuzgi hosildorligi aniqlanmoqda. Kulantakir.

5

Karabaurning g‘arbiy qismida  Ephedra intermedia o‘simligining yangi populyatsiyalari topildi.

6

Karabaur, Asakaaudan, Kaplankir va Sarikamishda  kamyob, relikt tur Salsola chiwensis o‘simligining yangi populyatsiyalari qayd qilindi.

7

Tabiiy yaylovlarda chorva mollarini sug‘orish uchun foydalanilgan hozirda qarovsiz qolgan Uzinkui qudug‘i.

8

Chinkdagi jarliklarda OʼzR “Qizil kitobi”ga kiritilgan Malacocarpus crithmifolius tarqalgan yangi hududlar aniqlandi va ularning holati o‘rganildi.

9

Shuvoqzor, biyurg‘unzor va keyreukzorlar cho‘l o‘txo‘r hayvonlarini yil davomida sifatli ozuqa bilan ta’minlaydi.

10

Saksovulli-keyreukli biyurg‘unzorda o‘tlab yurgan jayronlar

11

Har xil butali-keyreukzorlarni makon qilgan tuvaloq

12

Ekspeditsiya lageri (Kaplankir)

13

Ekspeditsiya a’zolari tushlik qilmoqda.

Ushbu material Geobotanika laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlandi