Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutida O‘zR FA Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ilmiy-amaliy seminar mahalliy florani zamonaviy usullarda o‘rganish, xalqaro platformalardan foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.

Ma’ruzalar davomida Botanika institutining O‘zbekiston florasi laboratoriyasi xodimlari b.f.n. D.M. Tajetdinova va tadqiqotchi O.A. Anvarovalar tomonidan “Raqamli tabiat” davlat dasturi doirasida florani o‘rganishda qo‘llanilayotgan eng zamonaviy taqdiqot usullari va ularning natijalari, ya’ni O‘zbekiston tajribasini Urgut, O‘rta Zarafshon botanik-geografik rayonlarini  to‘r tizimli xaritalash misolida ma’lumotlar berildi.

 

2

Katta ilmiy xodim D.M. Tajetdinova florani o‘rganishda zamonaviy usullar hamda olima ayollarning ilm-fandagi o‘rni haqidagi ma’ruza qilmoqda.

 

3

Tadqiqotchi O.A. Anvarovaning “O‘rta Zarafshon botanik-geografik rayonining to‘r tizimli xaritalashda dastlabki natijalari” ma’ruzasi.

 

Seminar davomida ishtirokchilar hozirda mahalliy florani o‘rganish davomida “Oʻrta Osiyo oʻsimliklarini toʻr tizimli xaritalash” platformasi (www.gmoca.org), iNaturalist (https://www.inaturalist.org), Plantarium (https://www.plantarium.ru) kabi elektron saytlarni afzalliklari, ulardan foydalanish hamda Botanika instituti olima ayollarining ilm-fandagi o‘rni va ilm-fan sohasidagi erishilayotgan so‘ngi yutuqlari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va magistratura bosqichi talabalari o‘zlarining  qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

4

Seminardan keyingi tadqiqotchi va magistrlar bilan suhbat jarayoni.

Ilmiy-amaliy seminardan so‘ng Samarqand viloyati tumanlarini o‘z ichiga oluvchi Urgut va O‘rta Zarafshon botanik-geografik rayonini to‘r tizimli xaritalashga qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash uchun dala tadqiqotlari amalga oshirildi.

 

5

Katta ilmiy xodim D.M. Tajetdinova Samarqand viloyatining Tojikiston Respublikasi bilan chegara hududlarini to‘r tizimli xaritalash uchun ma’lumot yig‘moqda.

 

6

Tadqiqotchi O.A. Anvarova Zarafshon daryosi havzasi hududida tarqalgan o‘simliklarini o‘rganmoqda.