Toshkent Botanika bogʻida har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazilayotgan “Global Allium Garden” (piyozlar kolleksiyasi)ning 2025-yilgi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

2

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova, Botanika instituti direktori akademik K. Tojibayev, Toshkent Botanika bogʻi direktori S.Abdinazarov,  Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari, shuningdek, Namangan davlat universiteti, Botanika instituti,  Toshkent Botanika bogʻi xodimlari va mehmonlar ishtirok etishdi.

 

3

 

Xitoy va Oʻzbekiston olimlarining hamkorlikdagi qoʻshma loyihasi natijasi hisoblangan bu kolleksiyada butun dunyodan yigʻilgan piyoz (Allium) turkumining yuzdan ortiq turlarining kolleksiyasi toʻplangan. Bu bogʻ nafaqat Toshkent Botanika bogʻida kolleksiyaning oʻziga xosligi bilan, balki ilm fan uchun ham noyob kolleksiyadir.

 

4

5

Shahlo Turdiqulova, OʻR FA vitse-prezidenti: “Bu kolleksiya nafaqat botanika fanining rivoji, balki Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning yorqin namunasidir”.

 

 

6

Akademik Tojibayev K. (Botanika instituti direktori): “Bu kolleksiya biologik xilma xillikni saqlashda noyob genofond hisoblanadi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda bu loyihani amalga oshirganimizdan juda xursandmiz”.

7

8

9

 

 

Agar kolleksiyani shaxsan koʻrmoqchi boʻlsangiz, Toshkent Botanika bogʻi har kuni soat 9:00-18:00 oraligʻida mehmonlarga ochiq.