O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan “Orolbo‘yi – ezgu niyat elchilari” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqdalar. Mazkur anjuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilib, Orolbo‘yi hududining ekologik holatini yaxshilash, barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

2

Konferensiya doirasida Botanika instituti O‘simliklar muhofazasi va ekologiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Q.I. Fayziyev o‘zining ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

3

Anjumanda dunyoning turli mintaqalaridan, jumladan Avstraliya, Livan, Turkiya, Fransiya va Eron kabi davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi olimlar va ekspertlar, shuningdek mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ham ishtirok etib, jami 120 ga yaqin delegatlar Orolbo‘yi hududining ekologik muammolari, iqlim o‘zgarishining ta’siri, bioxilma-xillikni saqlash hamda ekologik turizmni rivojlantirish masalalarini keng muhokama qildilar.

4

Mazkur xalqaro konferensiya ilmiy tajriba almashish, dolzarb ekologik muammolarga yechimlar ishlab chiqish hamda Orolbo‘yi hududida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarni xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.