O‘zbekiston florasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimlari B.Q. Karimov va Z.N. Jo‘rayevlar davlat dasturi doirasida rejalashtirilgan dala tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 7–20-aprel hamda 4–14-may kunlari Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari uchun quyidagi maqsadlar va ish rejalari belgilandi:

 2

  1. Shimoliy Turkiston va Qashqadaryo botanik-geografik rayonlari hududida belgilangan to‘r kataklari (indekslari) doirasida tizimli floristik dala tadqiqotlarini amalga oshirish.
  2. Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining Qamashi, Yakkabog‘, G‘uzor, Shahrisabz, G‘allaorol, Bulung‘ur, Baxmal, Zomin va Yangiobod tumanlarida ekin maydonlari (A toifa), aholi yashash joylari (B toifa) hamda tabiiy hududlar (C toifa) kesimida yuksak o‘simliklarning tur tarkibini o‘rganish va dala kundaliklarini yuritish.
  3. Tadqiqot hududlaridan kamida 1100 dan ziyod gerbariy materiallarini to‘plash (aprel bosqichi uchun 600 ta, may bosqichi uchun 500 ta).
  4. O‘simlik turlarining yuqori sifatli fotosuratlarini yig‘ish va ularni GMOCA xalqaro elektron platformasiga yuklash.

Davlat dasturi doirasida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasi:

3

  1. To‘r tizimli hududlarda floristik xatlovni amalga oshirish bo‘yicha: Xizmat safari davomida belgilangan hududlarning to‘r kataklari (indekslari) to‘liq qamrab olindi va o‘simliklar tarkibi xatlovdan o‘tkazildi. Jumladan:
  • Shimoliy Turkiston botanik-geografik rayonida: Aprel oyida 31 ta (BA200–202, BB200–203, BC200–204, BD200–204, BE202–205, BF203–205, BJ221, BK227–228, BL227–229, BM227), may oyida esa 29 ta (BM226–229, BL223–229, BJ221–226, BI219–227, BH218–220) indekslar doirasida tadqiqotlar olib borildi.
  • Qashqadaryo botanik-geografik rayonida: Aprel oyida 37 ta (AL184–186, AM184–190, AN184–190, AO185–190, AO192–196, AP189–195, AQ193–194), may oyida esa 23 ta (AL187–195, AK184–188, AJ184–190, AI184–185) indekslar doirasida tur tarkibi aniqlandi.
  1. Landshaft toifalari va dala kundaliklarini yuritish bo‘yicha: Qamashi, Yakkabog‘, G‘uzor, Shahrisabz, G‘allaorol, Bulung‘ur, Baxmal, Zomin va Yangiobod tumanlarida antropogen va tabiiy hududlar flora tarkibi o‘rganildi. Ekin maydonlari (A toifa), aholi yashash joylari (B toifa) va tabiiy hududlar (C toifa) kesimidagi o‘rganishlar natijasida jami 130 ta dala kundaligi (aprel oyida 65 ta, may oyida 65 ta) to‘ldirildi.

4

  1. Gerbariy materiallarini to‘plash va fiksatsiya qilish bo‘yicha: Material yig‘ish bo‘yicha belgilangan reja oshirib bajarildi:
  • Ikki bosqichli safar davomida jami 3800 ga yaqin (aprel oyida 2200 ta, may oyida 1600 ta) gerbariy namunalari yig‘ildi. Har bir namunaning geo-lokatsion (GPS) koordinatalari qat’iy qayd etildi.
  • 180 dan ortiq turning jami 2400 ga yaqin (aprel oyida 100+ tur/1700 ta; may oyida 80+ tur/700 ta) fotosuratlari olindi. Ushbu vizual ma’lumotlar GMOCA saytiga yuklash uchun tayyorlandi.

Xulosa: 2026-yilning 7–20-aprel hamda 4–14-may kunlari uchun tuzilgan ish rejasi to‘liq bajarildi. Yig‘ilgan koordinatali nuqtalar va gerbariy namunalari kelgusida o‘simliklar xilma-xilligini xaritalash va tahlil qilish uchun asosiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

 5

Ushbu material O‘zbekiston florasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Z.N. Jo‘rayev tomonidan tayyorlandi.