Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya laboratoriyasi mudiri V.Q. Sharipova, kichik ilmiy xodimlar Sh.Sh. Qilichev va D.O‘. Bozorovalar xorijiy hamkor A. Rudov hamrohligida davlat dasturi doirasida rejalashtirilgan dala tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 10–15-may kunlari Navoiy viloyatining Qizilqum cho‘li hududida xizmat safarida bo‘ldilar.

Karakata ko‘li yaqinidagi sho‘rxok yerlar (11.05.2026).
Xizmat safari doirasida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi:
- Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududining gipsli va sho‘rxok maydonlarida tarqalgan o‘simlik qoplamini o‘rganish, shuningdek morfologik, anatomik hamda kimyoviy tahlillar uchun o‘simlik namunalarini yig‘ish.
- Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududining gipsli va sho‘rxok maydonlaridan kimyoviy tahlillar o‘tkazish maqsadida tuproq va suv namunalarini olish.
- Ekstremal ekologik sharoitlarda tarqalgan o‘simlik jamoalaridan gerbariy namunalarini to‘plash, o‘simliklarning fotohujjatlarini shakllantirish hamda ularning GPS koordinatalarini qayd etish.

Qizilqum fosforit zavodining rekultivatsiya qilingan hududlari (12.05.2026).

Dzyangzagash ko‘li yaqinidagi gipsli va sho‘rxok hududlar (12.05.2026).
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan dala tadqiqotlari natijalari:
- Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududining gipsli va sho‘rxok maydonlarida tarqalgan o‘simlik qoplami o‘rganildi hamda hududda uchraydigan asosiy ekstremofil o‘simlik turlaridan morfologik, anatomik va kimyoviy tahlillar o‘tkazish uchun namunalar yig‘ildi. Tadqiqot davomida o‘simliklarning ekologik sharoitlarga moslanish xususiyatlari kuzatildi va dastlabki tavsiflari shakllantirildi.
- Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududining gipsli va sho‘rxok maydonlaridan kimyoviy tahlillar o‘tkazish maqsadida tuproq va suv namunalari olindi. Olingan namunalar tarkibidagi sho‘rlanish darajasi, pH ko‘rsatkichi, mineral va kimyoviy komponentlarni aniqlash uchun laboratoriya tahlillariga tayyorlandi.
- Ekstremal ekologik sharoitlarda tarqalgan o‘simlik jamoalaridan gerbariy namunalari to‘plandi, o‘simliklarning fotohujjatlari yaratildi hamda ularning geografik tarqalishini aniqlash maqsadida GPS koordinatalari qayd etildi. To‘plangan materiallar kelgusidagi floristik, taksonomik va geobotanik tadqiqotlar uchun ilmiy fond sifatida shakllantirildi.

Uchquduq yaqinidagi sanoat oqova suvlarini yig‘ish va saqlash hovuzi (14.05.2026).
Xulosa qilib aytganda, davlat dasturi doirasida Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududining gipsli va sho‘rxok maydonlarida olib borilgan dala tadqiqotlari davomida ekstremal ekologik sharoitlarda tarqalgan o‘simlik qoplami o‘rganildi hamda ilmiy tahlillar uchun zarur bo‘lgan o‘simlik, tuproq va suv namunalari yig‘ildi. Tadqiqot jarayonida hudud florasining ekologik xususiyatlari, sho‘rlanish va gipslashgan muhitga moslanish holatlari bo‘yicha dastlabki ilmiy ma’lumotlar shakllantirildi.
Shuningdek, o‘simlik jamoalaridan gerbariy namunalari to‘planib, ularning fotohujjatlari yaratildi va GPS koordinatalari qayd etildi. To‘plangan materiallar kelgusida floristik, geobotanik, morfologik, anatomik hamda kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.

