photo_2022-05-27_14-23-42

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining zamonaviy ilm-fan va Respublikamiz olimlari yutuqlarini yanada ommalashtirish borasidagi topshirig’i ijrosini ta’minlash, Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda ilm-fan sohasida olimlar va tadqiqotchilar tomonidan erishilayotgan yutuqlar va ularning ahamiyatini keng ommaga yetkazish maqsadida Botanika instituti direktori b.f.d., prof. X.F. Shomurodov Navoiy davlat pedagogika instituti va Buxoro davlat universiteti professor – o’qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

photo_2022-05-27_14-23-51

Tadbirlar davomida Fanlar akademiyasi tizimida, xususan, Botanika institutida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy loyihalar, sohada erishilayotgan kashfiyot va yutuqlar borasida yig’ilganlarga axborot berildi, ilmiy tadqiqot institutlarining oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyasini yanada mustahkamlash borasida fikrlar almashildi.

photo_2022-05-27_14-24-23