Botanika institutining jamoasi uzoq yillar davomida xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida fidokorona mehnat qilgan Gulnora Qodirovani nafaqaga kuzatish va yangi lavozimdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida majlislar zalida yig‘ilishdi.
Tadbirda institut direktori, direktor o‘rinbosarlari, institut kasaba uyushmasi raisi va ilmiy xodimlar ishtirok etishdi. Ular Gulnora Qodirovaning samarali ish faoliyati, jamoa oldidagi xizmatlari hamda uning insoniy fazilatlari, jumladan, professional mahorati har bir xodim uchun namunali bo‘lib xizmat qilishi, u o‘z lavozimida jamoani birlashtirib, ko‘plab murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishi haqida yuksak fikrlar bildirdilar. Shuningdek, yangi lavozimdagi – institutda maxsus bo‘lim boshlig‘i sifatida boshlagan ishlariga muvafaqqiyatlar tilashdi.
Tadbir so‘ngida Gulnora opa barcha xodimlar uchun “Ehson oshi” uyushtirib, samimiy muhitda osh tarqatdi. Ushbu samimiy uchrashuv institut xodimlari uchun unutilmas kun bo‘ldi.
Institutimizning sevimli va fidoyi xodimi Gulnora Qodirovaga kelgusidagi ishlarida ham mukammallik bilan ishlashiga ishonch bildirib, ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!





