O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, hamda hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish maqsadida, Xitoy fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti (Xitoy) va  Fan va texnologiyalarni rivojlantirish agentligi (Tailand) bilan qo‘shma memorandumlar tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (O‘zbekiston), Filippin Los Banos universiteti (Filippin), Fan va texnologiyalarni rivojlantirish milliy agentligi (Tailand) va Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institut (Xitoy) larining “Osiyoda makkajo‘xori zang kasalligini tarqalishi va patogenlik o‘zgarishlarini kuzatish” (Surveillance of disease dispersal and pathogenicity variation of corn rusts in Asia) mavzusida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro loyiha bo‘yicha 2024-yil davomida olib borilgan ilmiy ishlarning natijalari va moliyaviy hisbotlarni xorijiy hamkorlar bilan munozara qilish va kelgusi yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ilmiy faoliyatni rejalashtirish maqsadida 27-28-noyabr kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Xitoy Fanlar akademiyasi, Mikrobiologiya institutida yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (O‘zbekiston) tomonidan, loyiha rahbari Yu.Sh. G‘afforov va doktorant I.Yu. O‘rinboyevlar ishtirok etdi.

Dastlab, xalqaro ilmiy uchrashuv Xitoylik olim Dr. Lei Cai tomonidan ochib berildi. Shundan so‘ng har bir loyiha qatnashchilari o‘zlarini tanishtirdilar va olib borayotgan ilmiy ishlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot berishdi.

 

2

Dr. Lei Cai, Direktor State Key Laboratory of Mycology (Xitoy)

 

         ANSO-CR-KP-2022-07-sonli xalqaro ilmiy grant loyihasi doirasida Xitoy delegatsiyasi tomonidan Dr. Junmin Liang va Dr. Guozhi Bi, Tailandan Dr. Wirulda Pootakham, O‘zbekiston tomonidan Dr. Yusufjon G‘afforov hamda Fillipindan Benjamine William Cordeslar yillik hisobotlarini taqdimot shaklida ma’ruza qildilar.

 

 

3

Professor yordamchisi Dr. Junmin Liang (Xitoy)

 

4

Professor Dr. Guozhi Bi (Xitoy)

 

Hisobotda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (O‘zbekiston) tomonidan, loyiha rahbari Yu.Sh. G‘afforov 2024-yil davomida olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra Oʻzbekistonda tarqalgan Zea mays oʻsimligida Ustilaginomycetes, Dothideomycetes, Sordariomycetes, Leotiomycetes, Eurotiomycetes, va Mucoromyceteslarining, 7 sinf, 12 tartib, 14 oila, 23 turkum, 25 turga mansub ekanligi va makkajoʻxorida qorakuya, kladosporioz, changsimon qorakuya, gelmintosporioz kabi kasalliklari uchrashi tog‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, doktorant I.Yu. O‘rinboyevning ushbu loyiha doirasida Xitoy fanlar akademiyasi, Mikrobiologiya institutining “Zamburug‘lar xilma-xilligi va molekulyar identifikatsiya texnologiyasi” o‘quv laboratoriyasida 2 oylik o‘quv kursida qatnashish va dissertasiya ishining malum qismini bajarishi uchun taklifini kiritdi.

 

 

5

Loyiha rahbari Dr. Yusufjon G‘afforov (O‘zbekiston)

 

 

Yillik hisobotlar yakuniga yetgandan so‘ng loyiha doirasida 2024-yilda olingan ilmiy natijalar va loyihaga tegishli turli muammolar muhokama qilinib, hisobotlar ijobiy qabul qilindi. Kelgusi yilda bajariladigan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalar ko‘rib chiqildi va hamda 2025-yilda qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari, maqolalar chop etish va boshqa masalalar kelishib olindi. Shuningdek, loyiha ishtirokchisi I.Yu. O‘rinboyevning Xitoy fanlar akademiyasi, Mikrobiologiya instituti “Zamburug‘lar xilma-xilligi va molekulyar identifikatsiya texnologiyasi” o‘quv laboratoriyasida 1-dekabrdan 31-yanvargacha bo‘lgan vaqt davomida 2 oylik o‘quv kursida qatnashishi va ilmiy tadqiqot olib borishi ma’qullandi.

 

 

6

Loyiha rahbari Dr. Wirulda Pootakham (Tailand)

 

 

 7

Professor Jintana Unartngam (Tailand)

 

8

Loyiha ishtirokchisi: Benjamine William Cordes (Filipin)

 

Professor yordamchisi Dr. Junmin Liang xalqaro loyiha ishtirokchilarini “Fungarium (HMAS), Institute of Microbiology, CAS” zamburug‘lar kolleksiyasi va “China General Microbiological Culture Collection Center” laboratoriyalari bilan tanishtirdi.

9

“Fungarium (HMAS), Institute of Microbiology, CAS” zamburug‘lar kolleksiyasiga tashrif

 

 

10

“China General Microbiological Culture Collection Center” markazi

 

O‘quv mashg‘uloti va ma’ruzalar yakuniga yetgandan so‘ng loyiha ishtirokchilari Xitoy fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutining turli laboratoriyalariga tashrif buyurib u yerdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan tanishish bilan bir qatorda markazning ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bunda ilmiy hamkorlik qilish maqsadida munozaralar amalga oshirildi. Uchrashuvda Yu.Sh. G‘afforov O‘zbekistonlik va Xitoylik olimlar bilan har tomonlama hamkorlik ikkala davlat uchun ham ilmiy va iqtisodiy sohalarda manfaatli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Xalqaro ilmiy ushrashuv yakunida, Xitoylik va boshqa mehmon davlat olimlari bilan iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borishni kengaytirish, xalqaro loyihalarni ko‘paytirish, shuningdek, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini kengroq yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

 

 

11

Xitoy fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida ilmiy hamkorlar esdalik uchun suratga tushishdi