9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Botanika institutida yuksak ma’naviy-mazmuniy tadbir – “Ilm yo‘lida iz qoldirganlar” nomli esdalik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, faol xodimlar, faxriy olimlar, institutning kasaba uyushmasi vakillari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘z nutqlarida institut tarixidagi muhim bosqichlar, ilmiy yutuqlar va zamonaviy imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar.


Faxriy mutaxassislar o‘tgan yillarda erishilgan natijalarni yodga olib, botanika ilmiy maktabining shakllanishi va uning hozirgi holati haqidagi fikrlarini baham ko‘rishdi. Shuningdek, yosh avlodga o‘z maslahat va tavsiyalarini berib, ilmiy merosni munosib davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.






Uchrashuvda ilm-fanning bir necha avlodi bir sahnada jam bo‘lib, uzviylik va tajriba almashinuvining muhimligini yana bir bor isbotladi.
Tadbirning badiiy qismida jonli ijrodagi qo‘shiqlar vatan, insoniy qadriyatlar va xotirani ulug‘ladi. Ular tadbirga ko‘tarinki ruh va iliqlik bag‘ishladi.
An’anaviy tarzda osh tarqatildi, mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va yakunda barcha ishtirokchilar esdalik suratlariga tushishdi.


Tadbir institut ma’muriyati, Kasaba uyushmasi va faol xodimlar tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etilib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

