O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida “GBIF Central Asia 2026 Subregional Engagement Meeting” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyo mintaqasida biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi, ularni raqamlashtirish va global axborot tizimlariga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan.

2

Konferensiya doirasida hududiy va xalqaro miqyosdagi yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, bioxilma-xillikni o‘rganish, saqlash va barqaror boshqarish yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari muhokama qilinadi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sh.O‘. Turdiqulova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida konferensiya ishtirokchilarini samimiy tabriklab, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi hamda mazkur tadbirning mintaqada biologik xilma-xillikni o‘rganish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

3

Tadbirda Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan ko‘plab xorijiy mehmonlar, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda, bu esa anjumanning xalqaro miqyosdagi ahamiyati va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rnini yanada oshirmoqda.

4

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik K. Sh. Tojiboyev tadbir ishtirokchilari va barcha mehmonlarga Botanika instituti va GBIF bilan xamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

5

konferensiya bugungi kun tartibidagi maruzalar bilan o‘z ishini davom ettirmoqda

6

Eslatib o‘tamiz konferensiya 25 aprelga qadar davom etadi.