2026 yilning 26-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar Botanika instituti “Ekstremofil o‘simliklar va fitoremediatsiya” laboratoriyasi mudiri, katta ilmiy xodim V.K. Sharipova hamda kichik ilmiy xodimlar D.E. Turdiyev, Sh.Sh. Qilichevlar; Geobotanika laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, b.f.d. N.K. Raximova vа katta ilmiy xodim, b.f.n. Sh.U. Saribayevalar Belarus Milliy Fanlar akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan “International congress of young scientists on plant Biology & Ecology” mavzusidagi xalqaro kongressda ishtirok etdilar. Ushbu kongressda Xitoy, Braziliya, Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan jami 30 dan ortiq davlat vakillar ishtirok etdi.

Geobotanika, oʻsimliklar ekologiyasi, fiziologiyasi, genetikasi va biotexnologiyasi sohalarida biologik xilma-xillikni saqlash, zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, ekologik monitoringni rivojlantirish hamda inson va tabiiy muhit oʻrtasidagi barqaror oʻzaro munosabatlarni ta’minlashga qaratilgan dolzarb vazifalarni hal etish boʻyicha yetakchi xalqaro olimlarning plenar maʼruzalari tinglandi.

Belarus Milliy fanlar akademiyasining V.F. Kuprevich nomidagi Eksperimental botanika instituti davlat ilmiy muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti oʻrtasida ilmiy va tabiatni muhofaza qilish faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Kongress davomida ishtirokchilarga OʻzR FA Botanika institutining ilmiy faoliyati hamda laboratoriyalarning asosiy yoʻnalishlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

2

V.K. Sharipova plenar seksiyada «Адаптация экстремофильных растений: С3-С4 фотосинтез, морфолого-анатомические особенности и фиторемедиация» mavzusida ma’ruza qildi va sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek turli seksiyalarda xodimlar tomonidan, «Кадастровая оценка растительного покрова пастбищ Каракалпакского Устюрта (Узбекистан)», «Современное состояние ценопопуляций редких растений трансграничных территорий Западного Тянь-Шаня», «Жизненные формы видов рода Oxytropis DC. как отражение адаптаций к условиям горных экосистем Центральной Азии», «Spatiotemporal dynamics of vegetation cover and climatic controls in the Kyzylkum Desert based on MSAVI analysis (2000-2023)» mavzularida ilmiy ma’ruzalar qilindi va sertifikatlar olindi.

3 4

Kongress davomida Oʻzbekiston yaylovlari, kamyob, muhofaza talab oʻsimliklarning zamonaviy holatini baholash hamda xalqaro ilmiy jamoa bilan tajriba almashish rejalashtirildi, shuningdek, Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Eksperimental Botanika instituti direktori, b.f.d. D.G. Grummo, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, b.f.n. R.V. Svirko, “Geobotanika va oʻsimliklar qoplamini xaritalash” laboratoriyasi ilmiy xodimi O.S. Rimsha, “Oʻsimliklar fotosintezi” laboratoriyasi mudiri, b.f.n. O.V. Molchan, “Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi” lab. mudiri, b.f.n. J.N. Kalaskaya, “Oʻrmon ekologiyasi muammolari va Dendroxronologiya” laboratoriyasi ilmiy xodimi S.A. Komar bilan kelgusidagi qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

5

Shuningdek, kongress davomida amaliy koʻnikmalar hosil qilish maqsadida fenom texnologiyalar boʻyicha master-klass oʻtkazildi hamda Eksperimental Botanika instituti gerbariysiga, «Браславские озера» vа «Припятский» Milliy parklariga ekskursiyalar uyushtirilib, ularda olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bilan tanishildi. Yosh olimlar oʻrtasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor bilim va tajribalar almashinuvini ta’minlash hamda biologiya, ekologiya, fiziologiya va oʻsimliklar biotexnologiyasi sohalarida yuqori malakali yosh kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

6 7

Mazkur kongress Botanika instituti olimlarining xalqaro ilmiy hamkorligini kengaytirish, yangi qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish hamda tajriba almashish uchun muhim maydon boʻldi. Erishilgan kelishuvlar kelgusida qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.