Ilmiy faoliyat natijalarini joriylashtirish

  1. O‘zbekistonning alohida lokal floralari (Boysuntog‘, Buxoro vohasi, Farg‘ona vodiysi, Qizilqum cho‘li, Molguzar tog‘i va boshq.) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va kamyob hamda endem o‘simliklar tarqalishi bo‘yicha GAT xaritalar Davekolqo‘mitasi, Davo‘rmonqo‘mitasi va Davergeodezkadastr qo‘mitasiga.
  2. Davlat kadastrini yuritishning alfavit-raqamlangan shakli va metodikasi Davekolqo‘mitasiga.
  3. “O‘zbekiston biologik xilma-xilligini saqlash bo‘yicha milliy strategiya va xarakatlar rejasi” loyihasining ikkinchi nashriga.Kamyob va yo‘qolib ketayotgan turlar bo‘yicha ma’lumotlar Milliy Qizil kitobni nashr etish uchun.O‘zbekiston o‘simlik turlarining xilma-xilligi bo‘yicha zamonaviy tadqiqot natijalari xalqaro portallar (www.gbif.org), indekslar (www.inpi.org, www.theplantlist.org), dunyoning gulli o‘simliklari zamonaviy tasnifi (http://www.mobot.org) va boshqalarga.
  4. Muhofazaga o‘ta muhtoj turlar populyatsiyalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari Davekolqo‘mitasining viloyat bo‘limlariga. Masalan, faqat Boysun tumani bo‘yicha bunday natijalar ikki yil davomida 331,9 mln.so‘mni tejab qolish imkonini berdi.