Oliy ta’lim muassasalari bilan faoliyatni tashkillashtirish

Respublikadagi 10 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari o‘rnatilgan. Jizzax davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti, Andijon davlat universititi, O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavrlari, magistrlari uchun maxsus kurslar o‘qiladi. Jizzax davlat pedagogika instituti bilan xamkorlikda Jizzax viloyati tabiiy florasidagi o‘simlik turlarining davlat kadastrini yuritish yakunlandi va “Kadastr flori Uzbekistana: Djizakskaya oblast” va “Checklist of flora of the Dzhizak province, Uzbekistan” asarlari nashr uchun tayyorlandi. Ta’lim muassasalaridan 10 ta PhD tayyorlandi, 2020 yilda 4 nafar bakalavrlar 3 nafar bitiruvchilari Fanlar akademiyasi Botanika instituti laboratoriyasiga ishga qabul qilindi.