Noyob ilmiy ob’ektlar, asbob va uskunalar

Institut tuzilishi tarkibiga quyidagilar kiradi: 6 ta ilmiy laboratoriyalar, Qizilqum cho‘l stansiyasi, Toshkent tajriba uchastkasi, «Salvare» MCHJ; 2 ta ilmiy noyob ob’ekt – «Milliy gerbariy» va akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i.

Botanika bog‘ining kolleksiya fondi OTM talabalari, litsey va maktab o‘quvchilari uchun botanika fanining tegishli bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazuvchi baza sifatida, bundan tashqari aholini tabiatga ehtiyotkor munosabatini tarbiyalash uchun foydalaniladi (ekskursiyaga tashrif buyuruvchilar soni yiliga 30 mingdan oshadi).
Botanika institutining Milliy gerbariysi duyodagi yuksak o‘simliklarning yirik kolleksiyalaridan biri bo‘lib, jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning milliy boyligi hisoblanadi. Index Herbariorum NYBG xalqaro tashkilotining nufuzli a’zosi sanaladi. Umumiy xajmi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi (Pekin gerbariysidan keyingi ikkinchi, O‘rta Osiyo gerbariy namunalari bo‘yicha esa dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi). Dastlabki namunalar 1840 yilda qayd etilgan. O‘zbekiston hududidan yig‘ilgan aksariyat namunalar 1905 yillarga tegishli. Milliy gerbariy fondi O‘rta Osiyo va unga yondosh hududlar flora va sistematikasi, fitogeografiya va florogenetikasi zamonaviy tadqiqotlarining asosi sanaladi. Botanika fanining qimmatli ilmiy manbasi hisoblanadi. Gerbariy materiallaridan O‘zR Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi biologiya yo‘nalishi bo‘yicha barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, OTM, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, bundan tashqari o‘simliklar sistematikasi bo‘yicha duyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar foydalanishadi.

Institutda “Molekular filogeniya va biogeografiya” hamda “Milliy gerbariy” laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Institut ma’muryati va barcha laboratoriyalar zamonaviy kompyuter va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Institutda jami 72 ta kompyuter, 10 ta noutbuk, 4 ta skaner va nusxalovchi texnika hamda 3/1 62ta printerlar mavjud.